Bugun, 28-sentyabr kuni soat 18:34 da A-373 avtomobil yo‘lining 256 kilometri, “Qamchiq” dovoni qismida “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hozirda yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat nazorat olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.