Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qamchiq dovonida «Kobalt» va «Jiguli» handaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida «Kobalt» va «Jiguli» handaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonidagi «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida ikki avtomobilning yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketishi holati ro‘y berdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Bugun, 2 noyabr kuni soat 03:30larda «Qamchiq» maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga Qamchiq dovonidan «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan, 1980 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan N.O. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashina A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 204.1 km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Buning oqibatida, mashina salonidagi 3 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatini olgan.

Mazkur vaziyat bo‘yicha «Qamchiq» maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining 2-nazorat guruhi qutqaruvchilari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishadi va jarohatlangan fuqarolar — Q.M., (bosh miya chayqalishi), K.S., (qorin qismida va o‘ng qo‘l shikastlanishi), N.R. (o‘ng qo‘l bilak sohasi yopiq sinishi)larga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi. So‘ng ular Angren markaziy shifoxonasiga yetkaziladi.

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida, ya’ni tongi soat 04:51 larda Qamchiq dovonidan «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan, 1999 yilda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilgan N.M. boshqaruvida bo‘lgan «Jiguli» rusumli avtomashina A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 222 km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketgan.

Voqea joyiga «Beshqo‘l» navbatchilik maskanidan katta leytenant I.Bo‘taboyev boshchiligida 2 nafar qutqaruvchilar yetib borib, jarohatlangan fuqaro B.A.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda u ham Angren markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

Kiritildi: 18:25 02.11.2019. O'qildi: 3006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!