Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Qalbaki daromad": buxorolik erkak jazoga tortildi

"Qalbaki daromad": buxorolik erkak jazoga tortildi

Qo‘lbola usulda chigitdan olinadigan juvoz yog‘i inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-2-moddasida chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish uchun javobgarlik belgilangan.

 Byuroning G‘ijduvon tumani xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida tumandagi “Vazirshoh” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi D.Nurmurodovaning xonadoni yordamchi xo‘jalik xonasida fuqaro S.Raxmatov “qo‘lbola” usulda moyjuvoz moslamasi o‘rnatib, elektr tarmog‘iga hisoblagichni chetlab o‘tib ulangan holda qonunga xilof ravishda iste’molchining hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan, iste’mol uchun yaroqsiz yog‘ mahsulotini ishlab chiqarayotganligi aniqlangan.

 Xonadondan bir dona moyjuvoz uskunasi, 44 kilogramm paxta chigiti, 48 kilogramm kunjara mahsuloti, 12 litr qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan iste’molga yaroqsiz paxta yog‘i ashyoviy dalil sifatida olingan.

 Sudning 07.08.2019 yildagi hukmiga ko‘ra S.Raxmatovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 186-2-moddasi 1-qismi bilan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

 

Kiritildi: 10:46 26.09.2019. O'qildi: 1950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!