Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qalampirning foydasi ko‘pmi yo zarari?

Qalampirning foydasi ko‘pmi yo zarari?

Qizil qalampir nafaqat foydali, balki tibbiy, shuningdek, kosmetik xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot hisoblanadi. Olimlar gigiyenik muammolarni bartaraf etishda qizil qalampirlardan me’yorida foydalanishni maslahat berishadi.Qizil qalampir Janubiy Amerikada o‘stiriladigan eng yaxshi mahsulotlar qatorida turadi. Bu yerda boshqa oziq-ovqatlar qatori shokoladga ham qalampir qo‘shiladi. Chunki, u depressiyadan qutqaruvchi vositalardan biridir.
 
Qalampir o‘lim xavfini 14 foizga qisqartiradi. Bunga saraton, nafas, yurak, qon-tomir tizimidagi kasaliklarni misol qilib keltirish mumkin. Uning tarkibida 12 xil vitamin va 10 xil mikro va makro elementlar mavjud.
 
Qalampirning barcha turlari tanadagi kaloriyani parchalash xususiyatiga ega. Ovqatni tez hazm bo‘lishiga yordam beradi. Shu sababli uni taom bilan birgalikda istemol qilish ortiqcha vazndan aziyat chekadigan insonlarga ko‘proq foyda keltiradi. 
 
Qalampirning tabobatdagi foydali xususiyatlari quyidagicha:

  • og‘riqni yengillashtiradi;
  • sovuqdan himoyalaydi;
  • bemorni hushiga keltirishda, nafas olishni normallashtirishda, ta’m bilish sezgilarini qaytarishda birinchi yordam sifatida qo‘llaniladi.
 
Qizil qalampirni uy sharoitida qaynatib, suvini soch ildizlariga surtish tavsiya qilinadi. Bunda tolalar mustahkamlanadi, soch to‘kilishi kamayadi.
 
Qalampirni ko‘p iste’mol qilish quyidagi holatlarda tavsiya etilmaydi:
  • oshqozonda yara bo‘lsa;
  • jigar yoki buyraklar kasallangan bo‘lsa;
  • tana diabet bilan kurashayotgan bo‘lsa;
  • allergiyaga moyillik kuzatilganda;
  • uzoqni ko‘rish bilan muammolar yuzaga kelganda.
 
Qalampirni meyoridan ortiq iste’mol qilish og‘iz va tomoq shiliq qavatini shikastlaydi. U ko‘zga tegib ketgudek bo‘lsa, ancha vaqtgacha achishish, yoshlanish va xira ko‘rishga sababchi bo‘ladi. Biroq ovqatlanish jarayonida kam miqdorda iste’mol qilish ishtahani ochish bilan bir qatorda, hazm faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini oladi. 
Manba: qalampir.com
Kiritildi: 01:09 12.12.2018. O'qildi: 23383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!