Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Qahva sanoatida yangilik. O‘rmonlar kesilishi nazoratga olinadi

Qahva sanoatida yangilik. O‘rmonlar kesilishi nazoratga olinadi

Dunyodagi yetakchi qahva ishlab chiqaruvchilari va treyderlari, jumladan "JDE Peet's" va "Louis Dreyfus", qahva plantasiyalari atrofida o‘rmonlar kesilishini nazorat qilish uchun yangi tizimni ishga tushirmoqda. "Coffee Canopy Partnership" deb nomlangan loyiha doirasida "Airbus" kompaniyasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va sun’iy intellekt modellaridan foydalaniladi.

Tizim dastlab Sharqiy Afrikaning Efiopiya, Tanzaniya, Keniya, Uganda, Burundi va Ruanda kabi davlatlariga yo‘naltiriladi. 2027 yilgacha ushbu dastur qahva yetishtiriladigan barcha hududlarni qamrab olishi rejalashtirilgan.

Bu chora YEIning o‘rmonlarni muhofaza qilish bo‘yicha yangi talablari bilan bog‘liq. Aniq xaritalarning yo‘qligi millionlab fermerlarni Yevropa bozoridan mahrum qilishi mumkin edi, chunki ularning plantasiyalari ko‘pincha xatolik bilan tabiiy o‘rmon sifatida tasniflanadi. Yangi texnologiya yerlardan foydalanish bo‘yicha aniq ma’lumotlarni taqdim etishga xizmat qiladi.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!