Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Qahramon Quronboyev endi prezident maslahatchisi emas

A A A
Qahramon Quronboyev endi prezident maslahatchisi emas

 27 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, prezident devoni tuzilmasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishi ma’lum bo‘ldi. 

«Kun.uz» manbasi ma’lumot berishicha, prezident devoni prezident adminstrasiyasi etib qayta tashkil etiladi va shu vaqtgacha prezident ijroiya apparati rahbari-maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Zaynilobiddin Shahobiddinovich Nizomiddinov administrasiya rahbari bo‘ladi.

Endilikda davlat maslahatchisi instituti tugatilgan, davlat maslahatchilari prezident maslahatchilariga aylangan. 

Prezidentning yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha sobiq davlat maslahatchisi Qahramon Quronboyev hamda Madaniyat, matbuot va ijodiy tashkilotlar masalalari bo‘yicha sobiq davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov boshqa ishga o‘tkazilgan. 

Quronboyev Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektor rahbari Abdujabbor Abduvohidovga o‘rinbosar bo‘lgan.

Kiritildi: 09:56 28.08.2018. O'qildi: 2666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik