Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Qadimiy xeshteg: Yerdagi eng birinchi rasm nimani anglatadi?

A A A
Qadimiy xeshteg: Yerdagi eng birinchi rasm nimani anglatadi?

JARdagi Bombos g‘orida olib borilgan arxiologik qazuvlar davomida inson qo‘li bilan chizilgan yerdagi eng qadimiy rasm topildi. Olimlarning aniqlashicha, ushbu rasm hozirgacha topilgan eng qadimiy tasvirlardan ham 30 ming yil qadimiyroq ekan. Eng qizig‘i, o‘zining kompozisiyasi bilan u xeshtegni eslatadi. U ham  oltita lineyani kesib o‘tgan uchta qizil yo‘lakdan iborat.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, tosh silkret  porodasidan bo‘lib, surat unga tasodifiy ravishda chizilmagan, ya’ni u katta kartinaning bir qismi bo‘lsa kerak. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki,  chiziqlar oxraning o‘tkir bulaklari bilan bajarilgan va qalinligi 1-3 millimetr. Ma’lum bo‘ldiki, eng birinchi xeshtegning yoshi 73 ming yilni tashkil etadi.

Endi olimlar oldida mikroskop, lazer va boshqa texnologiyalar yordamida ushbu noodatiy topilmaning boshqa ikir-chikirlarini aniqlash vazifasi ko‘ndalang turibdi. Eng asosiysi suratni chizishdan ko‘zlangan maqsadga oydinlik kiritish, chunki u hali jumboq bo‘lib turibdi.

Manba: terabayt.uz

Kiritildi: 17:13 16.09.2018. O'qildi: 2092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!