Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qabrda savol-javob qanday yuz beradi?

Qabrda savol-javob qanday yuz beradi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Munkar va Nakir bilan banda o‘rtasida bo‘ladigan savol-javob insonning ruhiy olamida bo‘ladimi yoki bevosita qabrning ichidami? Bu vaqtda insonga yana jon kirgiziladimi? Inson farishtalarning savollarini biz bilgan quloq vositasida eshitib, ularga o‘z tili bilan bizlar bu hayotda gaplashgandek javob beradimi? Ma’lumki, bu savol-javob vaqtida banda o‘tirg‘izib qo‘yiladi. Bu holat qabr ichida qanday yuz beradi? Munkar va Nakir bevosita bandaning boshiga gurzi bilan uradimi? Bundan bosh shikastlanadimi yoki bu holat ruhiy olamda sodir bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym

Qisqasi shuki, qabr azobi va ne’mati haqida ikki farishtaning savol-javob qilishi haqida Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamdan inkor qilib bo‘lmaydigan darajada ko‘plab xabarlar kelgan. Bunga iymon keltirish vojibdir. Kim inkor qilsa, kofir bo‘ladi.

Ammo o‘sha azob yoki ne’mat qanday bo‘lishi haqida gapirmaymiz. Chunki bu dunyoda unga o‘xshash narsa bo‘lmagani uchun aql uni tasavvur qila olmaydi. Shariatda esa bu borada aql ko‘taradigan narsa kelmagan.

Ruhning badanga bog‘liqligi to‘rt turlidir:

1. Ruhning inson badaniga u ona qornida homila bo‘lgan davrda bog‘lanishi.

2. Qorindan yer yuziga chiqqanidan keyin bog‘lanishi.

3. Uyqu holatida bog‘lanishi. Bu holda ruh badanga goh bog‘lanib, goh ajralib turadi.

4. O‘lgandan keyin barzaxda bog‘lanishi. Agar ruh badandan ajralib chiqsa ham, uni butunlay tark etmaydi. Balki zarur vaqtda qaytib turadi. Hadislarda salom beruvchi salom berganida, janozaga kelganlar ko‘mib bo‘lib, qaytib ketayotganlarida kavushlaridan ovoz chiqqanda o‘lik eshitishi bayon qilingan. Shunga o‘xshash hollarda ruhning qaytishi xos bo‘lib, tirilish uchun emas, boshqa narsalar uchundir. Qiyomat kunidan oldin badanga hayot qaytib kirmaydi. Vallohu a’lam.

“Zikr ahlidan so‘rang” kitobidan

Manba: islom.uz

Kiritildi: 15:16 10.12.2018. O'qildi: 39854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!