Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘limi Ukraina uchun foydali emas. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich aytib o‘tdi.
"Biz uchun eng yaxshi variant — Putin yana bir muddat yashasin. Rossiya esa sanksiyalar bilan shunchaki sindirildi", dedi u.
Ukraina uchun eng yomon variant, Arestovichning fikricha, muxolifatchi Aleksey Navalniyning qamoqdan ozod etilishi yoki boshqa bir muxolifat yetakchisining ko‘tarilishidir.
"Bu Putinning o‘limi yoki hokimiyatdan ketganidan keyin ham mumkin bo‘ladi. Ular haqiqatan ham haqiqiy parlamentarizmni yo‘lga qo‘yishadi, bir nechta siyosiy partiyalar bo‘ladi. Ular G‘arb bilan haqiqatan ham kelishib olishadi. G‘arb kelishuvga intilyapti. Sanksiyalar olib tashlanadi", - dedi Arestovich.