Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Putinning Avstraliyaga kirishi taqiqlandi

A A A
Putinning Avstraliyaga kirishi taqiqlandi

Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison Rossiya prezidenti Valdimir Putinni Ukrainaga qarshi urush ochishda aybladi va uning Avstraliyaga kirishi taqiqlanganini ma’lum qildi.

Putindan tashqari Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolari ham endilikda Avstraliyaga kira olmaydi.

Morrisonning fikricha, Rossiya Ukrainaga hujum qilish bilan xalqaro huquq va BMT nizomini qo‘pol ravishda buzdi. “Biz Putinni Ukrainaga qarshi olib borilayotgan dahshatli va adolatsiz urush uchun javobgar deb hisoblaymiz. Avstraliyaning moliyaviy sanksiyalari va safar taqiqlari Rossiya prezidenti Putin, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Bosh vazir Mixail Mishustin va Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev uchun yarim kechadan e’tiboran kuchga kirdi”, – dedi Avstraliya Bosh vaziri.

Bundan tashqari, Morrison Belarusning ayrim rasmiylariga ham sanksiya qo‘llanganini ma’lum qildi.

“Rossiyaning Belarusdan hujum uyushtirishiga ruxsat berib, Putinning tajovuziga yordam bergani uchun Belarusning 13 fuqarosi va tashkilotiga, xususan, Mudofaa vaziri Viktor Xreninga sanksiyalar joriy etdik”, – dedi u.

Kiritildi: 16:15 28.02.2022. O'qildi: 2866 marta. Fikrlar soni: 17 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!