AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin Sovuq urush haqida o‘ylaydi deb o‘ylamaydi. Uning fikriga ko‘ra, Rossiya prezidenti ikkala davlatga ham yadroviy urush kerak emasligini tushunadi. Bu haqda u Jenevadagi sammit yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Sammit yakunlari bo‘yicha Rossiya va AQSh prezidentlari strategik barqarorlik to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar. Rossiya davlati rahbari bu savolni amerikalik hamkasbi bilan uchrashuvning asosiy sabablaridan biri deb atadi.