Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Putinga iste’foga chiqish taklifi bildirildi

A A A
Putinga iste’foga chiqish taklifi bildirildi

Moskvaning Lomonosov tumani munisipal kengashi Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinga iste’foga chiqishni taklif qildi.

Kengash deputatlari o‘z murojaatida:

“Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar hokimiyat doimiy ravishda almashinadigan mamlakatlarda rahbar o‘z lavozimini vaqtida tark yetmaydigan yoki yakka shaxs uzoqroq vaqt hokimiyatni boshqaradigan mamlakatlarga qaraganda yaxshiroq va uzoqroq yashaydi. Siz birinchi va qisman ikkinchi muddatda yaxshi islohotlar qildingiz, ammo shundan keyin hammasi qandaydir tarzda izdan chiqdi: yalpi ichki mahsulot ikki baravardan oshmadi, eng kam ish haqi e’lon qilingan ko‘rsatkichlarga ko‘tarilmadi, aqlli va mehnatkash odamlar Rossiyani ommaviy ravishda tark etishdi, va’da qilingan barqarorlik esa ko‘rinmayapti.

Siz va sizning qo‘l ostingizdagilar ishlatayotgan ritorika uzoq vaqt davomida murosasizlik va tajovuzkorlik bilan singib ketgan va bu oxir-oqibatda mamlakatimizni Sovuq urush davriga qaytardi... Sizning qarashlaringiz, boshqaruv modelingiz umidsiz darajada eskirib qolgan va bu rivojlanishga to‘sqinlik qilmoqda".

Avvalroq Sankt-Peterburgning "SmolninskoYE" munisipaliteti deputatlari Vladimir Putinni Ukrainadagi urush tufayli Rossiya Federasiyasi prezidenti lavozimidan chetlashtirish uchun unga nisbatan davlatga xiyonatda ayblov qo‘yish talabi bilan Davlat Dumasiga murojaat qilgan edi. Keyinchalik ularga qarshi "rus armiyasini obro‘sizlantirish" moddasi bo‘yicha protokollar tuzildi.

Kiritildi: 17:34 10.09.2022. O'qildi: 8059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik