Bu haqda "Sputnik O‘zbekiston" xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonga uchishidan oldin Rossiya prezidenti Kremlda mavzusi oshkor etilmagan bitta yopiq yig‘ilish o‘tkazadi.
Shuningdek, xalqaro telefon muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, SHHT Samarqand sammitida ishtirok etish uchun ayni paytga qadar Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Di Karloni va Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy mamlakatimizga keldi.
Bugun yana Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti S.Japarov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.