Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Putin xavotirda: bir kunda 163 nafar shaxs koronavirusga chalindi

Putin xavotirda: bir kunda 163 nafar shaxs koronavirusga chalindi

Rossiyada bir kunda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi — so‘nggi sutka davomida kasallanish bo‘yicha 163 ta yangi holat qayd etildi. «RBK»ning xabar berishicha, ularning aksariyati — 120 tasi Moskvada aniqlangan.

Qolgan 43 ta holat Rossiyaning turli hududlarida qayd etilgan. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 658 kishiga yetgan, shulardan 28 nafari tuzalgan. Kasallanganlarning 410 nafari Moskvada aniqlangan.

«Hozirgi kunda Rossiyada infeksiyaning bunday tez tarqalishi fuqarolarning Yevropa mamlakatlaridan olib kelinishi bilan bog‘liq. Chet eldan qaytib kelgandan keyin 14 kun davomida izolyasiya qoidalariga qat’iy rioya qilish lozimligini eslatib o‘tamiz», — deyiladi «Rospodrebnadzor» xabarida.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, Putin ushbu holatdan xavotirda. U yaqin orada Rossiya xalqiga koronavirus masalasi bo‘yicha murojaat qilmoqchi.

Bir kun avval Rossiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha 57 ta holat qayd etilgan. 25 martga kelib esa ular soni qariyb uch baravarga oshgan.

Kiritildi: 17:15 25.03.2020. O'qildi: 3368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!