AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan Oq uyda uchrashishni xohlamoqda.
Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Boltondan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Vashingtongga taklif qilishini so‘ragan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzda bo‘lishi taxmin qilinayotgan tashrif bo‘yicha muhokamalar boshlangan. Biroq hozircha rasmiy Moskva bu uchrashuv haqida ma’lum bermagan.
Manba: qalampir.uz