Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Putin va Trampning uchrashuvi sanasi ma’lum bo‘ldi

A A A
Putin va Trampning uchrashuvi sanasi ma’lum bo‘ldi

Vladimir Putin 11 noyabr kuni Parijga tashrifi oldidan amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan uchrashadi. Bu haqda Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

Davlat rahbari Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton bilan uchrashuvda muzokaralarni o‘tkazish vaqti va joyini tasdiqlagan.

Uchrashuv Birinchi jahon urushi tugaganligining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbir doirasida o‘tkaziladi.

Muzokaralar davomiyligi prezidentlarga bog‘liq bo‘ladi.

Rossiya prezidenti yordamchisining so‘zlariga qaraganda, unda ikkala mamlakat delegasiyalarining a’zolari ishtirok etadi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 04:56 24.10.2018. O'qildi: 1321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik