Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Putin va Trampning aynan nima haqida suhbatlashgani ma’lum bo‘ldi

Putin va Trampning aynan nima haqida suhbatlashgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan suhbati juda mazmunli va uzun davom etganini ma’lum qildi.

“Haqiqatdan koronavirus bilan kurashish doirasida davlatlarimiz qabul qilayotgan choralarga oid juda batafsil axborot bilan almashish bo‘lib o‘tdi”, - deya Peskov so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Peskov Trampning Rossiya tibbiyot yordami haqidagi bayonotiga izoh berib, ikki yetakchi suhbat davomida ushbu mavzuga to‘xtatib o‘tishganini tasdiqlagan. Putin va Tramp koronavirus pandemiyasi sharoitida xalqaro hamkorlik muhimligini ta’kidlashgan.

Krem vakilining so‘zlariga ko‘ra, Putin va Tramp neft bozoridagi hozirgi kon’yuktura ikki davlat manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligini bildirishgan. Shu bilan birga Peskov yuzaga kelgan vaziyatda Moskva va Vashington qo‘shma biror bir harakatlar qabul qilishi yoki qilmasligini izohlashdan bosh tortgan.

30 mart kuni Vashington tashabbusi bilan Rossiya va AQSh prezidentlarining suhbati bo‘lib o‘tdi. Ikki yetakchi koronavirus tarqalishi ko‘lamidan xavotirda ekanliklarini ma’lum qilishgan va bir birlariga tahdidning oldini olish uchun qabul qilinayotgan choralar haqida ma’lumot berishgan.

Qolaversa, Putin va Tramp dunyo nefti bozoridagi vaziyat yuzasidan fikr almashgan va energetika vazirlari darajsida ikki tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risida kelishib olishgan.

Kiritildi: 18:30 31.03.2020. O'qildi: 4152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!