Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Putin va Tramp yana uchrashishi mumkin

Putin va Tramp yana uchrashishi mumkin

Finlyandiya ikkinchi bor AQSH-Rossiya sammitigi mezbonlik qilish niyatida. Bu haqda mamlakat diplomatik idorasi hisobotida ma’lumot berilgan.

Bizning nazarimizda, muzokaralar davom etishi muhim. Shuning uchun Finlyandiya ularga (AQSh va Rossiya tomoniga) har doim o‘z xizmatlarini taqdim etishga tayyor deyiladi hisobotda.

Keyingi paytlarda OAVda Putin va Trampning navbatdagi uchrashuvi haqida xabarlar tarqaldi. AQSh liderining o‘zi esa Putin bilan Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida uchrashishi mumkinligini aytgan.

2018 yilning 16 iyul kuni ikki davlat rahbarlari Xelsinki shahrida uchrashgan edilar. Ushbu uchrashuvni Tramp NATO sammitidan ko‘ra yaxshiroq deb atagandi.

Kiritildi: 12:24 14.05.2019. O'qildi: 1643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!