Rossiya prezidenti Vladimir Putin va amerikalik hamkasbi Donald Tramp telefon suhbatida Eron masalasini muhokama qildi va Tehronni Isroilni yo‘q qilish bilan tahdid qilishiga qarshi chiqdi.
Bu haqda Oq uyning ikki davlat rahbarlarining muzokaralari yakunlari bo‘yicha yozma bayonotida aytiladi.
“Ikki yetakchi Eron hech qachon Isroilni yo‘q qiladigan holatda bo‘lmasligi kerak degan fikrda”, — deyiladi hujjatda.
Muloqot yakunlari bo‘yicha Kreml matbuot xizmati xabar berishicha, Putin va Tramp “inqirozli hududlardagi vaziyatni barqarorlashtirish, yadroviy qurollarni tarqatmaslik va global xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha” birgalikdagi sa’y-harakatlarga kelishib olgan.