Kremlning xabar berishicha Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Vladimir Putin qo‘yida mavzulardv suhbatlashdi:
— Putin va Makron Ukrainadagi xavfsizlik, jumladan, Zaporojye AESdagi vaziyat yuzasidan batafsil va ochiq fikr almashishdi;
— Putin Makron bilan suhbatda "Ukraina donini birinchi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarga yuborish kerak" degan pozisiyani tasdiqladi;
— Putin va Makron MAGATE ishtirokida Zaporojye AES atrofidagi vaziyat bo‘yicha siyosiylashtirilmagan o‘zaro hamkorlikka tayyorligini bildirdi;
— Putin Makronga Ukrainaning Zaporojye AESga muntazam hujumlari va Rossiyaning stansiyani himoya qilish choralari haqida gapirdi;
— Yevropa komissiyasi Rossiya Federasiyasidan rivojlanayotgan mamlakatlarga mahsulot va o‘g‘itlar yetkazib berishga to‘sqinlik qilmasligi kerak;
— Putin Makron bilan suhbatda Kiyev Donbassning fuqarolik infratuzilmasiga qarshi G‘arb qurollaridan foydalanayotganini ta’kidladi.