Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

A A A
Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Anadolu agentligi.

Erdo‘g‘on suhbat chog‘ida gaz xabining "yo‘l xaritasi"ni yaratishni imkon qadar tezroq yakunlash rejalarini ma’lum qildi va yana bir bor Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi mojaroga tezroq barham berish hamda tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini aytib o‘tdi.

Prezidentlar Suriyadagi kelishuv masalasini ham muhokama qildi. Xususan, Erdo‘g‘on Suriya shimolini terrorchilardan ozod qilish bo‘yicha aniq qadamlar qo‘yish tarafdori ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, u Suriya rahbariyati Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirishi uchun siyosiy qadamlar qo‘yishi kerakligini ta’kidladi.

Kiritildi: 19:56 05.01.2023. O'qildi: 2806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!