Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Putin va Bayden yil oxirigacha uchrashishi mumkin

Putin va Bayden yil oxirigacha uchrashishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden tez orada uchrashishi mumkin. Bu haqda RF rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“U yoki bu formatda uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqida ishonch bilan aytish mumkin”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U agar ikki davlat rahbarlari bu masalada kelishuvga erishsalar, bu haqda jurnalistlarni albatta xabardor etishini qo‘shimcha qilgan.
Peskovning qayd etishicha, RF prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov va AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida mazkur masala ham kun tartibidagi boshqa masalalar qatori muhokama etilgan. Prezidentning matbuot-kotibi, shuningdek, Vladimir Putin BMTning Atrof-muhit bo‘yicha konferensiyasiga bormasligini, lekin Rossiyaning ushbu anjumandagi ishtiroki ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

Ta’kidlash jozki, Rossiya va AQSh yetakchilari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi xabarlar OAVlarida sentyabr oyi avvalida paydo bo‘lgan edi. Manbalarning ma’lum qilishicha, Afg‘oniston va Markaziy Osiyodagi vaziyat, qurol-yarog‘lar ustidan nazorat, kiberxavfsizlik, Ukraina hamda Yaqin Sharq masalalari istiqboldagi uchrashuvning asosiy mavzulari bo‘ladi.

Kiritildi: 18:39 20.10.2021. O'qildi: 1879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!