Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Putin Ukraina dronlarining Wildberries’ga hujumlariga munosabat bildirdi

Putin Ukraina dronlarining Wildberries’ga hujumlariga munosabat bildirdi

Rossiya prezidenti «jiddiy oqibatlar» yo‘qligini aytdi, ammo ombor quvvatlarini tiklash dasturini ishlab chiqishni topshirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning logistika va ombor infratuzilmasiga uyushtirilgan Ukraina hujumlariga birinchi marta munosabat bildirdi. Biroq u so‘nggi haftalarda bir necha bor hujumga uchragan Wildberries ob’ektlarini bevosita tilga olmadi.

«Rossiya infratuzilmasiga qilingan hujumlarning jiddiy oqibatlari yo‘q, bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emas. Ammo ular bizga, albatta, zarar yetkazmoqda. Bu aniq. Biz buni tushunyapmiz, ko‘ryapmiz va bilamiz», — dedi Putin Strategik rivojlanish va milliy loyihalar bo‘yicha kengash yig‘ilishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumlarga qaramay, Rossiyaning savdo infratuzilmasi barqaror ishlashda davom etmoqda. Shu bilan birga, Putin zarar ko‘rgan logistika va ombor ob’ektlarini, jumladan, davlat mablag‘lari hisobidan tiklash zarurligini tan oldi.

Prezident hukumatga tegishli dasturni ishlab chiqishni topshirdi. Uning aytishicha, zarar ko‘rgan ob’ektlar «sifat jihatidan yangi texnologik darajada» qayta tiklanishi kerak.

18 iyuldan beri Ukraina dronlari Rossiyadagi yirik Wildberries logistika markazlariga bir necha bor hujum qildi. Hujumlar natijasida kompaniya va sotuvchilarga yetkazilgan umumiy zarar yuzlab milliard rublga baholanmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujumga uchragan ob’ektlar Rossiya armiyasini ta’minlashda, jumladan, dronlar uchun ehtiyot qismlar, navigasiya uskunalari va jihozlar yetkazib berishda foydalanilganini ta’kidlagan.

Wildberries bu ayblovlarni rad etmoqda. Kompaniya asoschisi Tatyana Kim omborlarga qilingan hujumlarni «xalqaro terrorizm akti» deb atadi.

Hujumlar seriyasidan so‘ng Wildberries tovar oqimlarining bir qismini qayta taqsimlashni boshladi va uzoq muddat saqlanadigan tovarlarni boshqa mamlakatlardagi, jumladan, Belarusdagi omborlarga yo‘naltirmoqda.

Kiritildi: 21:35 20.08.2026. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!