Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Putin uchun yangi qarorgoh qurilmoqda

Putin uchun yangi qarorgoh qurilmoqda



BBC'ning xabar berishicha, Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun yangi “Bocharov ruchey” qarorgohi qurilishi yakunlanmoqda. 2024 yilda u yerdagi eski binolar buzib tashlangan, 2025 yil sentyabriga kelib esa ularning o‘rnida kotlovan paydo bo‘lgan. Rasmiylar binolar nega buzilgani haqida ochiq ma’lumot bermagan. 2026 yilning kuzida esa majmua o‘rnida yangi binolar qad rostladi.

“Bocharov ruchey”ni rekonstruksiya qilish Federal qo‘riqlash xizmatining yopiq davlat mudofaa buyurtmasi doirasida olib borilmoqda. Qurilishning bosh pudratchisi prezidentning do‘sti Arkadiy Rotenberg bilan bog‘liq Qrimdagi “Transstroyinvest kompaniyalar guruhi” bo‘ldi.

Qurilishga ishchilar ijtimoiy tarmoqlar va bo‘sh ish o‘rinlari saytlari orqali yollangan. Dastlab 2025 yil bahorida qurilishga faqat sudlanmagan Rossiya fuqarolari jalb etilgan. Keyinchalik talablar yumshatilgan. Ish beruvchilar Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolarini ham qabul qila boshlagan. E’lonlarda qurilish “strategik ob’ekt” sifatida tasniflangan va nomzodlar qat’iy tekshirilishi haqida ogohlantirilgan.

Rossiya prezidenti urush davrida Sochiga sezilarli darajada kam tashrif buyurdi. Financial Times hisob-kitoblariga ko‘ra, urushdan oldin Putin shaharga 24 marta, 2022 yilda 13 marta, 2024 va 2025 yillarda esa atigi ikki martadan tashrif buyurgan.

Putinning Qora dengizga safarlarining keskin qisqarishi Ukraina dronlari qirg‘oqqa tez-tez uchib kela boshlagani bilan bog‘liq. 2026 yilda Federal qo‘riqlash xizmati “Bocharov ruchey”ni himoya qilishni yanada kuchaytirishga va qarorgoh atrofida uch kvadrat kilometrdan ortiq maydonda muhofaza zonasini yaratishga qaror qildi.

Kiritildi: 18:54 25.09.2026. O'qildi: 1377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik