Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi va uni 80 yoshga to‘lishi bilan tabrikladi.
Kreml matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Amerika yetakchisi unga tabriklar uchun minnatdorchilik bildirdi va Rossiya prezidenti o‘sha kuni u bilan bog‘langan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘lganini ta’kidladi.
Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov suhbat do‘stona va ochiqchasiga bo‘lib, taxminan bir soat davom etganini aytdi.
"Aniqroq aytganda, bu roppa-rosa 55 daqiqa edi", deb aniqlik kiritdi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp tabriklardan ta’sirlangan.