Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin Trampni Moskvaga taklif qildi

A A A
Putin Trampni Moskvaga taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tegishli shart-sharoitlar yaratilsa, Amerika yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashish uchun Vashingtonga kelishga tayyor. U, shuningdek, AQSh rahbarini Moskvaga taklif qilganligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda u Yoxannesburgda BRIKS sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi «Korrespondent.net».

«Tramp bunday taklifni olgan, men unga bu haqda aytganman. Vashingtonga ham borishga tayyorman, biroq takror aytaman: tegishli shart-sharoitlar yaratilgan taqdirda», — dedi Putin bu shart-sharoitlar har ikkala mamlakatda yaratilishi lozimligini ta’kidlab.

«Uchrashuvga kelsak, prezident Trampning bundan keyin ham uchrashuvlar o‘tkazish istagi borligini yaxshi tushunaman. Biroq tegishli shart-sharoitlar bo‘lishi lozim», — qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 06:21 28.07.2018. O'qildi: 1298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik