Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Putin, Tramp va Si uchrashuvi «havoda aylanib yuribdi»

Putin, Tramp va Si uchrashuvi «havoda aylanib yuribdi»

Putin, Tramp va Si Szinpin uchrashuvi g‘oyasi muhokama qilinmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpinning Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammiti doirasida uch tomonlama uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, bunday uchrashuv g‘oyasi «havoda aylanib yuribdi», ammo hozircha u bo‘yicha amaliy tayyorgarlik deyarli olib borilmagan.

Ushakovning aytishicha, sammit mezboni sifatida Xitoy tomoni ishtirokchilarga alohida uchrashuvlar uchun vaqt ajratilgan dastur loyihasini taqdim etadi. Unda Putin, Tramp va Si Szinpinning uch tomonlama muloqoti uchun ham vaqt paydo bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, Putin va Si Szinpinning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘yicha kelishuv allaqachon mavjud. Biroq muzokaralarning aniq vaqti hozircha belgilanmagan.

ATES sammiti noyabr oyida Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 22:40 06.10.2026. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!