Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Putin taklif etilmagan joyga bormaydi – Kreml matbuot kotibi

Putin taklif etilmagan joyga bormaydi – Kreml matbuot kotibi


Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin Ukraina prezidenti Zelenskiydan G7 sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha rasmiy taklif olmaganini ma’lum qildi.

"Albatta, bunday taklif bo‘lgani yo‘q. Bilasiz, Moskva va Kiyev o‘rtasida rasmiy aloqa kanallari ham mavjud emas", — dedi Peskov.

Kreml vakiliga ko‘ra, Putin tomonidan Zelenskiyga barcha zarur fikrlar aytilgan, takliflar bildirilgan va bir necha bor takrorlangan.

"Agar Zelenskiy mas’uliyat bilan va jiddiy muloqot qilishga tayyor bo‘lsa, Kiyev rejimi nima qilish kerakligini yaxshi biladi. U har doim Moskvaga kelishi mumkin, bu yerda uni yaxshi qabul qilamiz", — deb qo‘shimcha qildi Peskov.

Kiritildi: Bugun 20:23. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!