Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin Sindzo Abe bilan vidolashuv marosimida qatnashmaydi

A A A
Putin Sindzo Abe bilan vidolashuv marosimida qatnashmaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin vafot etgan Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe bilan vidolashuv marosimiga bormaydi. Yaponiyalik siyosatchining dafn marosimida Rossiya vakillarining ishtiroki masalasi protokol qoidalariga bog‘liq bo‘ladi.

Bu haqda “RIA Novosti”ga Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Putin - yo‘q (ketmaydi). Qolganlari protokolga bog‘liq ”, - dedi u.

Sindzo Abe bilan vidolashuv marosimi 11 iyul kuni Tokio markazidagi buddist Jojoji ibodatxonasida bo‘lib o‘tadi.

8-iyul kuni Sindzo Abe Nara shahrida saylovoldi tashviqoti chog‘ida nutq so‘zlayotganda suiqasd uyushtirilgani sababli shifoxonada vafot etdi .

Kiritildi: 17:16 09.07.2022. O'qildi: 4865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik