Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Putin Shavkat Mirziyoyevni G‘alaba paradiga taklif qildi

Putin Shavkat Mirziyoyevni G‘alaba paradiga taklif qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan 2020 yil 9 mayda Moskvada o‘tadigan  G‘alaba paradiga taklif qildi.

Ma’lum qilinishicha, paradga MDH davlatlarining barcha yetakchilari hamda Janubiy Osetiya va Abxaziya rahbarlari taklif etilgan.

Avvalroq G‘alabaning 75 yilligiga Putin Fransiya, Xitoy, AQSH, Shimoliy Koreya, Hindiston va Pokiston yetakchilarini taklif qilgani ma’lum qilingandi.

Ta’kidlanishicha, 2015 yilda G‘alabaning 70 yilligiga Moskvadagi paradga 23 ta davlat rahbari hamda BMT va YUNESKO rahbarlari kelgan.

Kiritildi: 23:12 23.08.2019. O'qildi: 2434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!