Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Putin Rossiyaga qarshi hozirlanayotgan ig‘volardan ogohlantirdi

Putin Rossiyaga qarshi hozirlanayotgan ig‘volardan ogohlantirdi

Rossiya yutuqlariga, jumladan, tibbiyot sohasidagi yutuqlarga qarshi xorijda aniq bir maqsadga qaratilgan axborot xuruji olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

“Bizga qarshi qator masalalarga oid asossiz ayblovlar bilan xorijda aniq bir maqsadga qaratilgan axborot xuruji olib borilmoqda. Hatto tuturuqsiz, men aytgan bo‘lardimki, turli kulguli fitnalar ishga solingan. Masalan, so‘nggi paytlarda tibbiyot sohasidagi, koronavirusga qarshi kurashishdagi yutuqlarimizni shubha ostiga qo‘yishga urinishlar”, - dedi Putin FXX hay’atining yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning ko‘plab hamkorlari Rossiyaning COVID-19 qarshi kurashish sohasidagi natijalariga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lmoqda va hamkorlikka tayyorlar. Moskva, o‘z navbatida, buni olqishlaydi.

“Biz global darajadagi vazifalarni faqat sa’y-harakatlarni birlashtirgan holda hal etish mumkinligini tushunamiz. Shunga qaramasdan, bilasizki, juda ko‘plab urinishlar bo‘lgan, bo‘lib kelmoqda. Mamlakat siyosiy rahbariyatiga tayyorlanayotgan ig‘volar haqidagi taqdim etayotgan ma’lumotlaringiz uchun sizga minnatdorchilik bildiraman”, - deya qo‘shimcha qildi Putin.

Kiritildi: 18:24 24.02.2021. O'qildi: 3016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!