Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin: “Rossiya Arktika bilan “o‘sish”da davom etadi”

A A A
Putin: “Rossiya Arktika bilan “o‘sish”da davom etadi”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya yaqin o‘n yilliklarda Arktika va Shimoliy hududlar bilan “o‘sish”da davom etishini ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Rossiya shimoliy mamlakat bo‘lib, hududining 70 foizdan ortig‘i shimoliy kengliklarda joylashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shimol Rossiya uchun alohida qiziqish va ahamiyatga ega.

Shuningdek, Putin “Shimoliy hududlardagi rivojlanish, shu jumladan, tog‘-kon sanoati borasidagi o‘sish «mamlakatning kelajagi», degan fikr bildirdi.

“Bir paytlar Lomonosov Rossiya Sibir bilan birga o‘sadi, degan edi. Yaqin o‘n yilliklarda Rossiya, albatta, o‘sadi va bu hech shubhasiz, Arktika va Shimoliy hududlar bilan amalga oshadi”, dedi Prezident.

Shu bilan birga, davlat rahbari Arktikaning tabiati o‘ta zaif ekanligini, shuning uchun ekologik xavfni kamaytirish maqsadida iqtisodiy faoliyatni ushbu hududlarning xususiyatlariga moslashtirish kerakligini qo‘shim cha qildi.

Kiritildi: 20:47 05.12.2020. O'qildi: 2992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik