Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Putin Qrim ko‘prigi bo‘ylab mashinada harakatlandi

Putin Qrim ko‘prigi bo‘ylab mashinada harakatlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim ko‘prigini ko‘zdan kechirdi.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin unga ko‘prikda olib borilgan ta’mirlash ishlari haqida ma’lumot berdi.

Rossiya yetakchisi mashina rulini qo‘lga olib, ko‘prik bo‘ylab shaxsan harakatlandi.

Eslatib o‘tamiz, 8 oktyabr kuni ertalab Qrim ko‘prigida portlash sodir bo‘ldi va bir necha sisterna yonib ketdi. To‘rt kishi halok bo‘ldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu portlashni terakt deb atadi. Uni uyushtirishda Ukraina maxsus xizmatining qo‘li borligini aytdi.

12 oktyabr kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrim ko‘prigidagi teraktni Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov uyushtirganini aniqlaganini ma’lum qildi. Teraktni uyushtirishga aloqador 12 kishi aniqlangan, ulardan sakkiz nafari qo‘lga olingan.

Kiritildi: 14:51 06.12.2022. O'qildi: 1872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!