Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Putin prezidentlik karyerasini yakunlagach xokkeyga qaytishini aytdi

Putin prezidentlik karyerasini yakunlagach xokkeyga qaytishini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezidentlik muddati tugagach, professional xokkeyga batamom qaytishi to‘g‘risida hazil qildi. Ushbu kutilmagan bayonotni davlat rahbari jamoatchilik bilan uchrashuv vaqtida ma’lum qilgan.

Aldangan sarmoyadorlardan biri Rossiya yetakchisiga o‘zining muaamosini hal qilishni so‘rab iltimos qilgan.

- Sobiq xakkeychi sifatida iltimos qilaman: Xokkeychi xokkeychiga yordam bergani kabi menga yordam bering, men esa sizga doim shaybani uzataman va siz o‘zingizning eng yaxshi golingizni urasiz, - degan u.

Putin ham o‘z navbatida uning yaxshi xokkeychi ekanini ta’kidlab, lekin xozir o‘zi boshqa ish bilan mashg‘ul ekanini aytgan.

- Keyinchalik men professional xokkey ligasiga qaytaman, o‘shanda hozirgi ish joyimdan kamroq mas’uliyatim bo‘ladi, - dedi tabassum bilan prezident.

Kiritildi: 12:31 13.02.2019. O'qildi: 1855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!