Rossiya etakchisi bu haqda payshanba kuni Turkmanistonda Pezeshkian bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
«Eron oliy rahbariga eng yaxshi tilaklarimni etkazishingizni so‘rayman. Unga farovonlik va barcha ezguliklarni tilayman», — dedi Putin.
Vladimir Putin Turkmanistonga ikki kunlik tashrif bilan kelgan. U MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi va Kaspiy ekologik sammitida ishtirok etadi.
Putin va Pezeshkian o‘rtasidagi avvalgi uchrashuv sentyabr oyi boshida Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan edi.
Turkmanistondagi muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi, shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyatga ham e’tibor qaratilishi kutilmoqda.