Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Putin Pashinyan bilan Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha qo‘ng‘iroqlashdi

Putin Pashinyan bilan Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha qo‘ng‘iroqlashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali suhbatda vositachilik harakatlarini davom ettirish va  Yerevan  hamda Boku bilan aloqalarni davom ettirish niyatida ekanligini ta’kidladi.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, suhbatdoshlar Tog‘li Qorabog‘ mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash manfaatlari yo‘lida Moskva, Erevan va Boku o‘rtasidagi yaqin  ishbilarmonlik aloqalarini davom ettirish niyatlarini tasdiqladilar.

Pashinyan barcha muammolar  faqat  tinch  diplomatik  yo‘l bilan  hal  qilinishi  kerakligini  ta’kidladi.  O‘z  navbatida,  Putin  Rossiya,  Armaniston  va  Ozarbayjon rahbarlari tomonidan 2020 yil 9 noyabrda erishilgan sulh bitimining qat’iy bajarilishiga e’tibor qaratdi.

Kiritildi: 14:25 14.05.2021. O'qildi: 2279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!