Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Putin Orban bilan Ukrainadagi kelishuvni muhokama qildi

Putin Orban bilan Ukrainadagi kelishuvni muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan Ukraina mojarosini hal qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya yetakchisi muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «Ukraina bo‘yicha kelishuvni muhokama qilish uchun ochiq, biroq Ukraina tomoni buni istamaydi».

Davlat rahbari, shuningdek, G‘arb davlatlarini Ukrainadan Rossiyaga qarshi «qo‘chqor» sifatida foydalanishda aybladi.

Siyosatchining aytishicha, Moskva Ukrainadagi mojaroga «nafaqat sulh yoki pauza uchun emas, balki Rossiya aytgan shartlar asosida» to‘liq chek qo‘yish tarafdori.

Putin, shuningdek, Vengriya bosh vaziri bilan Yevropada kelajak xavfsizlik arxitekturasining mumkin bo‘lgan tamoyillarini muhokama qilganini aytdi

Kiritildi: 21:55 05.07.2024. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!