Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.
Rossiya prezidentining tegishli farmoni mamlakat OAVlarida e’lon qilindi.
Vladimir Putin shuningdek, Tojikistonning sobiq bosh prokurori, respublika Xavfsizlik kengashi kotibi Yusuf Rahmon va Venesuela poytaxti Karakas meri Karmen Tereza Melendes Rivasni ushbu orden bilan mukofotlagan.
Ushbu arboblarga mukofot xorijda rus tili va madaniyatini saqlash va ommalashtirishga qo‘shgan katta hissasi uchun berildi, deyiladi xabarda.