Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin Mo‘g‘uliston bilan uzoq muddatli do‘stlik shartnomasini imzoladi

A A A
Putin Mo‘g‘uliston bilan uzoq muddatli do‘stlik shartnomasini imzoladi

Rossiya va Mo‘g‘uliston prezidentlari – Vladimir Putin va Xaltmaagiin Battulga Rossiya Federasiyasi va Mo‘g‘uliston o‘rtasida do‘stona munosabatlar hamda har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risida yangi shartnoma imzolashdi. Marosim Rossiya rahbari rasmiy tashrif bilan kelgan Ulan-Batorda joylashgan Davlat saroyida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Putin oldinroq Mo‘g‘ulistonning «Odriyn Sonin» gazetasiga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, 1993 yildagi Do‘stlik va Hamkorlik shartnomasi asosida tayyorlangan ushbu hujjat cheksiz muddatga ega bo‘ladi. Rossiya Federasiyasi Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yangi kelishuv ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi.

Rossiya Prezidentining fikricha, Mo‘g‘uliston bilan yangi, doimiy do‘stlik shartnomasi imzolanishi barcha sohalardagi hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

«Avvalambor, imzolangan shartnomalar ichida davlatlararo Do‘stlik to‘g‘risidagi bitimni alohida ta’kidlab o‘taman. Ushbu muhim hujjat Rossiya-Mo‘g‘uliston hamkorligining sifatli va yangi darajalarini, keng qamrovli strategik sheriklikni aks ettiradi, uni turli yo‘nalishlarda yanada kengaytirish uchun katta istiqbollarni ochib beradi», deydi Putin.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan do‘stlik va o‘zaro daromad an’analari Rossiya-Mo‘g‘uliston munosabatlarini rivojlantirish uchun mustahkam poydevor ekanligiga ishonch bildirdi.

Kiritildi: 12:05 04.09.2019. O'qildi: 2517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik