Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Putin Moskvadagi norozilik namoyishlariga izoh berdi

Putin Moskvadagi norozilik namoyishlariga izoh berdi

Vladimir Putin Rossiyadagi norozilik namoyishlari haqida gapirib, vaziyatni to‘qnashuvlarga olib chiqishga hech kimning haqi yo‘qligini va aybdorlar jazolanishi kerakligini aytdi.

Davlat rahbari Moskvadagi notinchliklar saylov bilan bog‘liqligini ta’kidladi, chunki sentyabr oyida mintaqaviy hokimiyat, shu jumladan, Moskvada saylovlar bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, Rossiya rahbari fuqarolar amaldagi qonunchilikka muvofiq tinch norozilik namoyishlari o‘tkazish huquqiga ega va hokimiyat bunga aralashmasligi kerakligini ham qo‘shimcha qildi.

«Ammo hech kim na hokimiyat, na biron bir fuqarolar guruhi amaldagi qonunni buzishga, vaziyatni bema’nilikka yoki hokimiyat bilan to‘qnashuvga olib kelishga haqli emas. Bu qonun buzilishi, va bu qonunbuzarlikda aybdor bo‘lgan barcha Rossiya qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi kerak», dedi prezident.

Davlat rahbari Fransiyadagi “sariq jiletli”lar bilan bo‘lgan voqealarning Moskvada bo‘lishini istamasligini ta’kidladi va Rossiyadagi siyosiy vaziyat qonun doirasida rivojlanib borishi uchun hamma narsani qilishga va’da berdi.

 

Kiritildi: 08:26 20.08.2019. O'qildi: 1817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!