Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Putin milliarder Fattoh Shodiyevni orden bilan taqdirladi

Putin milliarder Fattoh Shodiyevni orden bilan taqdirladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning buyrug‘iga binoan Jizzax viloyatida tug‘ilgan, hozirda Qozog‘iston fuqarosi milliarder Fattoh Shodiyev “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Shodiyevning o‘zi a’zosi bo‘lgan MGIMO Vasiylik kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Orden madaniyat va san’at sohasidagi qilgan xizmatlari, ko‘p yillik samarali faoliyati uchun berildi.

“Fattoh Qayumovichni ushbu yuksak mukofot bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Biznesda omad va yangi zafarlar tilaymiz”, - deyiladi xabarda.

Fattoh Shodiyev ERG (Eurasia Group) hamda IMR (International Mineral Resources) shirkatlari hammuassisi, Xalqaro Shodiyev jamg‘armasi asoschisi, MGIMO Vasiylik kengashi a’zosi hisoblanadi.

Kiritildi: 17:43 08.01.2020. O'qildi: 4012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!