Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Putin MDHda savdo to‘siqlarini kamaytirishga chaqirdi

Putin MDHda savdo to‘siqlarini kamaytirishga chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkmanistonda o‘tgan MDH sammitida savdo to‘siqlarini bartaraf etish orqali hamdo‘stlik davlatlari yanada katta yutuqlarga erishishi mumkinligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, MDH doirasidagi hisob-kitoblarning 90 foizdan ortig‘i milliy valyutalarda amalga oshiriladi.

Putin sammitda yana quyidagilarni qayd etdi:

— ayrim hollarda davlatlar milliy darajada cheklovlar joriy etib, iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini o‘zlari sekinlashtiradi;

— MDH davlatlari ko‘p qutbli va adolatli dunyo tartibini shakllantirish tarafdori;

— umumiy an’analar, qadriyatlar, tarixiy va qarindoshlik aloqalari xalqlarni birlashtiradi;

— rus tili MDH hududidagi muhim birlashtiruvchi omillardan biri hisoblanadi;

— Kaspiy dengizi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish zarur.

Shuningdek, Putin MDH davlatlari rahbarlarini 21 dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan norasmiy sammitga taklif qildi.

Kiritildi: 15:15 09.10.2026. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!