Putin Ukrainadagi “maxsus harbiy operasiya”ning barcha maqsadlariga to‘liq erishilishiga ishonishini aytdi.
Uning fikricha, rossiyaliklar ham “maxsus harbiy operasiya” ishtirokchilariga va Rossiyaning g‘alabasiga ishonadi.
Bundan tashqari, Putin Ukrainaning Rossiyadagi saylov jarayoniga xalaqit berishga urinishlari natija bermaganini, saylov uchastkalaridagi navbatlar esa Rossiyani qo‘rqitib bo‘lmasligini ko‘rsatganini bildirdi.
"Saylovlardagi rekord darajadagi faollik mamlakatimizni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimiz fuqarolarimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlayotganining dalilidir. Xalq bildirgan ishonchni oqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishimiz lozim", — dedi Rossiya prezidenti.