Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin koronaviusdan qo‘rqib bunkerda o‘tiribdimi?

A A A
Putin koronaviusdan qo‘rqib bunkerda o‘tiribdimi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozirda Novo-Ogaryovodagi qarorgohda yashaydi va ishlaydi, prezident huzuriga koronavirus uchun tekshiruvsiz kirish mumkin emas, dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

U prezident go‘yo biron joyga "yashiringan", xususan "biron bir bunkerda" ekanligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. "Har doim juda ko‘p mish-mishlar tarqaladi va ko‘pincha ular haqiqatdan uzoq bo‘ladi", dedi Peskov dushanba kuni nashr etilgan "Argumenti i fakti" nashriga bergan intervyusida.

Peskov barcha sanitariya me’yorlari prezident tomonidan rioya qilinayotganini ta’kidladi. "Garchi to‘liq istisno qilinmasa ham yuzma-yuz muloqotlarni prezident haqiqatan ham kamaytirdi. U masofani saqlashga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, tegishli tekshiruvsiz prezident bilan uchrashish mumkin emas", – dedi matbuot kotibi.

Kiritildi: 08:00 28.04.2020. O'qildi: 4007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik