Rossiya prezidenti Vladimir Putin Iroq prezidenti Abdul Latif Rashid bilan uchrashuvda uni istalgan vaqtda Rossiyada ko‘rishdan xursand bo‘lishini aytdi.
Suhbat chog‘ida Rashid Rossiyaga tashrif buyurish va Rossiya prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazishga qiziqish bildirgan.
"Hurmatli janob prezident! Biz bu masalani allaqachon muhokama qilganmiz. Sizda Rossiyaga taklif bor va biz siz uchun qulay bo‘lgan vaqtda sizni ko‘rishdan doim xursand bo‘lamiz. Buni Tashqi ishlar vazirligi bilan muvofiqlashtiramiz", deb ta’kidladi Putin.