Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin: "Hammasi Tramp prezident bo‘lganidan keyin boshlandi"

A A A
Putin: "Hammasi Tramp prezident bo‘lganidan keyin boshlandi"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShdagi tartibsizliklar AQShdagi saylovlarda Donald Tramp g‘alaba qozonganida va uning raqiblari ushbu g‘alabaning qonuniyligini shubha ostiga qo‘ygan paytdagi vaziyatning davomi deb hisoblaydi.

"Albatta, bu ba’zi bir chuqur ichki inqirozlarning namoyon bo‘lishi. Aslida, biz buni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelyapmiz — amaldagi prezident hokimiyatga kelgan paytdan boshlab. U g‘alaba qozonganida, shubhasiz, demokratik yo‘l bilan g‘alaba qozongan, yutqazgan odam turli xil yo‘llarni topdi. Natijada Trapmning saylanishi qonuniy bo‘lganligiga shubha tug‘ildi", — dedi Putin.

Shu bilan birga, Prezident u boshqa mamlakatlarda bo‘layotgan voqealarni "juda ehtiyotkorlik bilan" izohlashga yoki izoh bermaslikka harakat qilayotganini qayd etdi.

Kiritildi: 15:29 14.06.2020. O'qildi: 4773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik