Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin ham Jenevaga yetib keldi. Bugun Bayden bilan uchrashuv bo‘ladi

A A A
Putin ham Jenevaga yetib keldi. Bugun Bayden bilan uchrashuv bo‘ladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh rahbari Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Jenevaga yetib keldi. Avvalroq, Oq uy rahbari ham shaharga kelgani ma’lum qilingan edi.

Putin va Baydenning birinchi uchrashuvi Jenevadagi La Grange villasida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, Kreml muzokaralar uch qismdan iborat bo‘lishini ta’kidladi. Davomiyligi esa 4 soat 45 daqiqaga rejalashtirilgan.

Rossiya delegasiyasi tarkibida Prezidentning yordamchisi Yuriy Ushakov, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, RFning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov, RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov va tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkov bor edi.

Kiritildi: 16:09 16.06.2021. O'qildi: 2110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik