Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Putin Falastin davlatini barpo etishni prinsipial masala deb atadi

 Putin Falastin davlatini barpo etishni prinsipial masala deb atadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29 yanvar kuni Rossiyaga amaliy tashrif bilan kelgan BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Kremlda Rossiya va BAA Prezidentlari o‘rtasida o‘tayotgan muzokaralar chog‘ida Vladimir Putin to‘laqonli Falastin davlatini barpo etish Rossiya uchun prinsipial masala ekanini ta’kidlagan. U, shuningdek, BAAning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mahbuslar almashinuvi hamda nizoni diplomatik yo‘l bilan tartibga solish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan.

Tomonlar Eron atrofidagi vaziyatni ham muhokama qilgan. BAA Prezidenti esa Moskva va Kiyev o‘rtasidagi almashinuvlar bo‘yicha Abu-Dabining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagani uchun Rossiya rahbariga minnatdorlik bildirgan.

Muhammad bin Zoid Ol Nahayon o‘tgan hafta Abu-Dabida Rossiya, AQSh va Ukraina delegasiyalarini qabul qildi. BAA rasmiylariga ko‘ra, uchrashuvlar "ijobiy" va "konstruktiv" muhitda o‘tgan va kelishuv yo‘lidagi muhim qadam bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 14:41. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!