Rossiya prezidenti Vladimir Putin Istanbuldagi portlash munosabati bilan Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi. Hujum 13 noyabr kuni sodir bo‘lgan.
“Hurmatli janob Prezident, Istanbuldagi teraktning fojiali oqibatlari munosabati bilan chuqur hamdardligimizni qabul qiling”, — deyiladi Kreml saytida chop etilgan telegrammada.
Qayd etilishicha, Putin Rossiyaning turkiyalik hamkorlar bilan terrorizmning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashda eng yaqin hamkorlikka tayyorligini tasdiqlagan.