Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Putin BRIKS sammitida rossiyaliklarning frontdagi muvaffaqiyatlari haqida gapirdi

Putin BRIKS sammitida rossiyaliklarning frontdagi muvaffaqiyatlari haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKS sammitida Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi va Misr rahbarlari bilan Ukrainadagi urushni muhokama qilib, Rossiya armiyasining frontdagi ijobiy dinamikasini ta’kidladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov NTVga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aniqlik kiritishicha, "Ukraina inqirozi" har bir uchrashuvda muhokama qilingan.

«Kechagi ikki tomonlama suhbatlarda Ukraina masalasi ko‘p muhokama qilindi, ular haqida prezident ko‘p gapirdi. Qoidaga ko‘ra, har bir uchrashuvning kun tartibida Ukraina inqirozi bilan bog‘liq bo‘lim mavjud. Prezident ishlarning bugungi ahvoli va yechimining istiqbollariga aniq baho beradi. Albatta, Ukraina davlatining har qanday muzokaralar olib borishni istamasligini va Rossiya Qurolli Kuchlari uchun frontda juda ijobiy dinamikani qayd etib o‘tdi», — dedi Peskov.

Kiritildi: 19:30 23.10.2024. O'qildi: 978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!